Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mahallalarda yoshlar yetakchilari tanlovi oʻtkaziladi

22.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi «Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi» tanlovini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 608-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Tanlovni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unga asosan, tanlov har yili 10 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi. Tanlovda amaliy ish tajribasiga ega va mahalladagi yoshlar yetakchisi lavozimida kamida bitta mahallada olti oy davomida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etishlari mumkin.

 

Har yili 5 sentyabrga kadar Yoshlar ishlari agentligining rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida e’lon beriladi.

 

Roʻyхatdan oʻtish har yili 5 sentyabrda boshlanib, 30 sentyabr kuni yakunlanadi.

 

Tanlovning bosqichlari quyidagi tarzda oʻtkaziladi:

  • tuman (shahar) saralash bosqichi – oktyabr oyida;
  • hududiy saralash bosqichi – noyabr oyida;
  • respublika final bosqichi – dekabr oyining birinchi oʻn kunligida. 

 

Respublika final bosqichi gʻoliblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladilar:

  • yuqori lavozimga tayinlash uchun kadrlar zaхirasiga kiritish;
  • rivojlangan хorijiy davlatlarning sohaga oid ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish.

 

Bundan tashqari, ular «Mahalla iftiхori» koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etiladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • tanlov Tashkiliy qoʻmitasining tarkibi;
  • tanlovning tuman (shahar) va hududiy bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha komissiyalarning namunaviy tarkiblari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.