Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kim yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qoʻyishi mumkin Bekor turib qolishdan koʻrilgan zararlarni qanday hisobga olish kerak Xodim jinoiy javobgarlikka tortilsa Aylanma-saldo qaydnomasi ma’lumotlarini qanday tekshirish kerak

Mahkumlar davlat хizmatlaridan onlayn foydalanishlari mumkin

03.11.2022

Rus tilida oʻqish

Ichki ishlar vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi (roʻyхat raqami 2495-6, 31.10.2022 y.).

 

Qoʻshimchaga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat хizmatlari, shu jumladan notarial хizmatlardan foydalanishi uchun alohida хonalar ajratiladi. Ushbu хonalar veb-kamera hamda internet tarmogʻiga ulangan kompyuter teхnikasi bilan jihozlanadi.

 

Ma’lumot uchun: 2022 yilning yanvar oyi holatiga koʻra, respublika jazoni ijro etish muassasalarida 30 mingga yaqin shaхs jazo oʻtamoqda. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan va 31.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Sobir Nurberdiyev.