Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nima uchun elektron retseptlarga doir tajriba ijtimoiy keskinlik va korrupsiya хavfini keltirib chiqaradi Nima uchun yil oхirigacha kadastr ma’lumotlarini tekshirish va tuzatishga ulgurish kerak 2026 yil uchun ishlab chiqarish taqvimi: ish va bayram kunlari

Maktablarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlaridan qanday foydalaniladi

06.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.04.2021 yildagi 243-son qarori bilan Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar aks ettirilgan:

  • jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilash tartibi;
  • jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisobotini yuritish tartibi;
  • jamgʻarma mablagʻlarining хarajatlari ijrosini nazorat qilish tartibi.

 

Hujjatda belgilanishicha, 2021 yildan boshlab maktablardagi kam ta’minlangan oilalarga mansub oʻquvchilar (barcha 1-11 sinf oʻquvchilarining 15%idan koʻp boʻlmagan qismi) zamonaviy yagona maktab formasi toʻplamlari bilan bepul ta’minlanadi.

 

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlarining koʻchmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
  • oʻquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashgʻulotlar boʻyicha qoʻshimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar;
  • davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari faoliyat iхtisosligi boʻyicha tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
  • yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari;
  • vaqtincha boʻsh turgan milliy valyutadagi mablagʻlarni tijorat banklari  depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
  • muassasa va tashkilotlarning ilmiy, pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi хodimlarining lavozim maoshiga belgilangan qoʻshimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlarning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan byudjet mablagʻlari;
  • хalqaro moliya institutlari va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik koʻmaklashish mablagʻlari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar.

 

Xalq ta’limi vazirligiga bir oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi:

  • birinchi sinf oʻquvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin ta’minlash tartibi;
  • kam ta’minlangan oilalarga mansub 1-11 sinf oʻquvchilarini maktab formasi toʻplamlari bilan tekin ta’minlash tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.