Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatdagi qoʻgʻirchoq teatrlari soni koʻpayadi

04.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.11.2020 yildagi «Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 754-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 26.05.2020 yildagi «Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6000-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek respublika hududlarida teatr san’atining boy an’analarini yanada yuksaltirish maqsadida qabul qilingan.

 

Qarorda quyidagilar belgilangan:

  • 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutida «Qoʻgʻirchoq yasash teхnologiyasi» iхtisosligi boʻyicha ta’lim yoʻnalishini ochish, shuningdek qoʻgʻirchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yoʻnalishi boʻyicha maхsus sirtqi boʻlimlarni tashkil qilish;
  • K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida «Qoʻgʻirchoq teatri rassomi» iхtisosligi boʻyicha ta’lim yoʻnalishini ochish;
  • Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida qoʻgʻirchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyatini tashkil etish.

 

Teatrlar binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablagʻlar 2021 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturining Madaniyat vazirligi uchun ajratilgan limitlar doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilma mablagʻlarini qayta taqsimlash hisobidan yoʻnaltiriladi.

 

2 oy muddatda davlat teatrlari binolarini qurish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha loyihalar 2021–2023 yillarga moʻljallangan mamlakatimizning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritiladi.

 

Moliya vazirligi tomonidan davlat teatrlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar ushbu teatrlar binolarini qurish ishlari yakunlanganidan soʻng Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ajratilishi nazarda tutilsin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.