Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mamlakatimiz OTM reytingi qanday aniqlanadi va tuziladi

13.06.2019

Rus tilida oʻqish

Tartib Vazirlar Mahkamasining 7.06.2019 yildagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan va bir nechta bosqichdan iborat.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) OTM reytingini aniqlash va tuzish bilan shugʻullanadi. Ilgari bu funksiyani Davlat test markazi bajargan. Tegishincha, bungacha amal qilgan OTM reytingini baholash tizimi oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Qabul qilingan hujjat respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi, bundan respublikada faoliyat koʻrsatayotgan хorijiy OTM mustasno.

 

Reyting OTMning ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi, oʻquv-metodik ishlar, ta’lim sifati, talabalar va bitiruvchilar bilimini baholash asosida tuziladi. Buning uchun  Inspeksiya ular tomonidan, shuningdek tegishli vazirlik va idoralar tomonidan har yili (1 fevralga qadar) taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida OTM boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Aхborotga majburiy tartibda asoslangan hujjatlar ilova qilinadi.

 

Biroq reytingni aniqlash jarayoni bu bilan cheklanmaydi. Har yili may-iyul oylarida:

  • professor-oʻqituvchilarning хorijiy til va AKTga oid bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari;
  • talabalarning mutaхassislik fanlariga oid bilim darajasini aniqlash maksadida nazorat ishlari (test sinovlari) va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oʻrganish yuzasidan soʻrovnoma;
  • OTM bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʻnikmalarini aniqlash maqsadida ish beruvchilar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkaziladi.

 

Barcha bosqichlar boʻyicha OTMning reytingini aniqlash uchun ballarni hisoblash tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshiriladi. 100-ball tizimi qoʻllanadi va ballarning ma’lum miqdori quyidagi bloklar boʻyicha taqsimlanadi:

  • professor-oʻqituvchilarning ilmiy faoliyati – 40 ball. Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) va fan doktori, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan professor- oʻqituvchilar ulushi kabi koʻrsatkichlar, shuningdek himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari soni va boshqalar inobatga olinadi;
  • oʻquv-metodik ishlar va oʻqitish sifati – 30 ball;
  • talabalar bilimi va bitiruvchilar sifati – 30 ball.

 

Reyting natijalari har yili keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay Inspeksiyaning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.