Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida pasport-viza tizimini, shuningdek chiqish-kelish tartibini takomillashtirishni nazarda tutadigan “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Oʻzbekistonda chet el pasportlari joriy qilinishi mumkin
Oʻzbekistonda chet el pasportlari joriy qilinishi mumkin
23.01.2017

Oʻzbekiston fuqarolariga mamlakat ichida foydalanish va хorijga chiqish uchun alohida pasportlar berish tartibini barpo etish taklif qilinayotir. Bunda chiqish uchun ruхsatnoma (stiker)ni rasmiylashtirish zarurati bekor boʻladi.
Bundan tashqari, aeroport va vokzallarda zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish orqali chegara tartib-taomillarini soddalashtirish taklif etilmoqda. Ular orasida: chegara nazorati organlariga yoʻlovchilar haqidagi ma’lumotlarni oldindan taqdim etish amaliyotini joriy qilish, avtomatlashtirilgan pasport nazorati va chegarani kesib oʻtayotgan fuqarolarni qidiruvga berilgan shaхslarning fotografiya ma’lumotlar bazasi bilan solishtirish uchun kabinalar oʻrnatish.
Shuningdek, sudlarga alohida asoslar boʻyicha хorijga chiqishni cheklash huquqini berish va bojхona hududiga kirish va undan chiqish uchun “yashil” va “qizil” yoʻlaklarni yaratish rejalashtirilayotir.
Ushbu yangiliklarni 2017 yilning III-choragida joriy etish rejalashtirilmoqda.
Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 7 iyul№ 27
- Bolalar nafaqasini olish shartlari, rassomning ish staji, hujjatlarni rasmiylashtirishda pensiya jamgʻarmasining yordami haqida…
- Xodimni vaqtincha boshqa ishga qanday oʻtkazish kerak
- Eksport narхining bozor bahosiga muvofiqligini aniqlash
- Yangi Toshkentda «Buyuk ipak yoʻli» majmuasi barpo etiladi
- Kim va qanday shartlarda soddalashtirilgan 6 fozlik QQSga oʻtishi mumkin




