Prezidentning 07.05.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi F-30-son farmoyishi qabul qilindi.
Hujjat ma’muriy qonunchilik normalarini tizimlashtirish va unifikatsiya qilish, huquqbuzarliklar tarkibini qayta koʻrib chiqish hamda ijtimoiy xavflilik darajasi va profilaktik ta’sirini hisobga olgan holda jazo tizimini takomillashtirishni nazarda tutadi.
Muqobil javobgarlik choralarini joriy etish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning vakolatlarini aniqlashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning protsessual mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, jabrlanuvchilarga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash mexanizmlarini rivojlantirish va qoʻshimcha kompensatsiya vositalarini joriy etish koʻzda tutilgan.
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi tahririni tayyorlash uchun Idoralararo komissiya va maxsus ishchi guruh tuziladi. Adliya vazirligi komissiyaning ishchi organi etib belgilandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.05.2026 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova



