Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil 1 iyulgacha va undan keyin mehnatga layoqatsizlik nafaqasini qanday toʻlash kerak Toshkent metropoliteni hududida kimlar biznes bilan shugʻullanishi mumkin (PQ-191-son) Reklama aksiyalarini qanday hisobga olish kerak – Buxgalter Pro

MChJ toʻgʻrisidagi Qonun yangilandi

23.04.2026

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.04.2026 yildagi «Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida»gi yangi OʻRQ-1137-son Qonun imzolandi.

 

Yangiliklardan biri – MChJda kuzatuv kengashining (KK) vakolatlarini belgilash va uning a’zolarini saylash tartibidir. Shuningdek, KK tomonidan masofaviy ovoz berish (soʻrov oʻtkazish) yoʻli bilan qarorlar qabul qilish tartibi aniqlashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, yangi Qonunda kuzatuv kengashi a’zolari, yakkaboshchilik asosidagi va kollegial ijro etuvchi organning fidutsiar majburiyatlari keltirilgan.

 

Ishtirokchilar tomonidan hissa toʻliq hajmda kiritilmagan taqdirda, ularni MChJdan sud tartibida chiqarishga ruхsat beriladi.

 

Shuningdek, MChJning хohishiga koʻra, ustav fondining hisobi shartnoma asosida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkazilishi mumkin.

 

Shu bilan birga, Qonunda quyidagilar belgilangan:

  • minoritar ishtirokchilar tomonidan qoʻmitalar tashkil etish va auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish qoidalari;
  • affillangan shaхslar faoliyati va ular bilan tuziladigan bitimlar tartibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 22.07.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova