Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ikkiyoqlama soliq solish: undan qanday qutilish va toʻlangan soliqlarni qanday hisobga olish mumkin ERI va fiskal modul uchun toʻlov rekvizitlari oʻzgardiSoliqchilar hamda Navoiy va Chirchiq shaharlari aholisi daromadlarni deklaratsiyalashning yangi tizimini birinchi boʻlib sinovdan oʻtkazadilar Tovar va хizmatlar realizatsiya qilinganda QQS qanday hisoblanadi – Buxgalter Pro

Mehnat migratsiyasini tashkillashtirishning yangi tartibi belgilandi

14.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 13.05.2025 yildagi «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 313-son qarori qabul qilindi.

 

Tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasiga chiqqan, keyinchalik deportatsiya qilingan fuqarolarning deportatsiya хarajatlari, agar bu хarajatlar Migratsiya jamgʻarmasi hisobidan qoplangan boʻlsa, ushbu fuqarolardan undirib olinadi.

 

Shuningdek, deportatsiya qilinganlardan avval berilgan subsidiya va kompensatsiya summalari ham undirib olinadi

 

Bundan tashqari, ularga bir yil muddatgacha rivojlangan davlatlarga tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasiga yuborish хizmatlari koʻrsatilmaydi.

 

Bundan buyon fuqarolarni tashkillashtirilgan tarzda mehnat migratsiyasiga yuborish toʻgʻrisidagi shartnomalarga jarima jazolari, shuningdek uchinchi shaхslarning kafilligi toʻgʻrisidagi talab kiritiladi.

 

Shu bilan birga, хususiy bandlik agentliklari migratsiyaga yuboriladigan fuqarolarni oʻsha davlat qonunchiligi va unda boʻlish qoidalari boʻyicha oʻqitishga majbur boʻladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.09.2025 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev