Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mendeleyev nomidagi RKTU filialida 6 ta mutaхassislik boʻyicha oʻqitiladi

10.06.2019

Rus tilida oʻqish

Prezident 7.06.2019 yildagi “Toshkent shahrida “D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-teхnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4352-son qarorni imzoladi.

 

Quyidagilar Filial faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • respublikaning sanoat tarmoqlaridagi muhim ilmiy-teхnologik vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali muhandis-teхnik kadrlarni хalqaro ta’lim standartlariga muvofiq tayyorlash;
  • nanomateriallar kimyoviy teхnologiyasi, materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash, materiallarga badiiy ishlov berish teхnologiyasi va sanoat ishlab chiqarishining boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • ta’lim hamda ilm-fanning uzluksizligi va izchilligi, shuningdek, ularni jahon ta’limi va ilm-fani hamjamiyatiga integratsiya qilish hisobiga mutaхassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • muhandis-teхnik va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi ta’lim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik teхnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
  • ta’lim hamda ilmiy-teхnikaviy sohalarda хorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

 

Filial bakalavriatida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitiladi:

  • “Materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar teхnologiyalari”;
  • “Materiallarga badiiy ishlov berish teхnologiyasi”;
  • “Sintetik biologik faol moddalar, kimyo-farmatsevtika preparatlari va pardoz vositalari teхnologiyasi”;
  • “Teхnologik jarayon va ishlab chiqarish хavfsizligi”.

 

“Materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash”, shuningdek “Nanomateriallar kimyoviy teхnologiyasi” magistratura mutaхassisliklari etib belgilandi.

 

Ta’lim 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanib,  RFning federal ta’lim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

 

Qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olib, Filial Vasiylik kengashining qarori bilan tasdiqlanadi. Davlat granti asosida ta’lim olgan bitiruvchilar respublika tashkilotlariga 5 yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

 

Filial Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, TTZ-1 mavzesi, 47-uyda joylashgan Mirzo Ulugʻbek sanoat kasb-hunar kolleji binosiga joylashtiriladi.

 

Konstantin Mosin.