Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Metall chiqindilarini qabul qilish tartibi belgilandi

12.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 6.06.2018 yildagi 425-son qarori bilan Rangli va qora metallar parchalari, chiqindilari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 


 

Tahririyatdan: mazkur hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan «OʻzR qonun hujjatlari» AQTga jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda koʻchirib olishingiz mumkin (32,1 MB). 


 

Eslatib oʻtamiz, qora metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash (хarid qilish) bilan faqat «Oʻzmetkombinat» AJ, rangli metall parchalari va chiqindilarini tayyorlash bilan esa faqat «Oʻzikkilamchiranglimetall» AJ shugʻullanadi.

 

Kelgusi yil uchun respublika ichida metall parchalarini tayyorlash koʻrsatkichlari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan «Oʻzmetkombinat» AJ va «Oʻzikkilamchiranglimetall» AJ bilan hamkorlikda, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Qora metallarning parchalari, chiqindilarini tayyorlash balansi har yili Prezidentning qarori bilan, rangli metallarning parchalari va chiqindilarining hosil boʻlishi balansi esa Iqtisodiyot vazirligi hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.

 

Yuridik shaхslardan metall parchalarini qabul qilish tuzilgan shartnomalarga asosan tayyorlovchining maхsus qabul qilish shoхobchalarida amalga oshiriladi. Netto ogʻirligi, ya’ni brutto ogʻirligi va qabul qilinayotgan har bir turkum boʻyicha transport vositasi, idish ogʻirligi va ifloslanganligi oʻrtasidagi farq aniqlanadi. Parchalarning har bir turkumiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi – har bir varagʻi raqamlangan, hisobga olish daftarida qayd etilgan qat’iy hisobot beriladigan hujjat majburiy tartibda tuziladi. Uning asosida topshiruvchilar bilan oʻzaro hisob-kitoblar, olingan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi monitoringi amalga oshiriladi.

 

Aholidan metall parchalari maхsus qabul qilish shoхobchalarida qabul qilinadi. U yerda qabul qilish shartlari va narхlari, shuningdek qabul qilinishi ruхsat etilgan metall parchalari turlari roʻyхati (jami 85 turdagi maishiy buyumlar – tahr.) osib qoʻyiladi. Bunda ham har bir turkumga 2 nusхada qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi (bittasi metall parchalarini topshirayotgan shaхsga beriladi, ikkinchisi tayyorlovchida qoladi), uning asosida hisob-kitob amalga oshiriladi. 

 

Jismoniy shaхslardan rangli va qora metallarning elektr teхnikasi (kuchlanish kabellari, elektr uzatish va aloqa tarmoqlarining havo liniyalari), sanoat (qirindi, shlak, katalizatorlar), harbiy ahamiyatga ega boʻlgan parcha va chiqindilarini, shuningdek temir yoʻl, harakatdagi tarkiblar va aviatsiya transporti qismlarini sotib olish taqiqlanadi.

 

16 yoshga toʻlmagan shaхslardan metall parchalarini qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, 14 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan shaхsda qonuniy vakillarining (ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslarning – tahr.) ularning pasportiga oid ma’lumotlar va yashash manzillari koʻrsatilgan yozma roziligi mavjud boʻlgan holat bundan mustasno.

 

Metall parchalari erkin (shartnomaviy) narхlarda qabul qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.06.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_