Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Sovuq suv boʻyicha hisobot berishni unutmang 2026 yilda norezidentlar daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi: toʻlash muddatlari va Hisob-kitobni taqdim etish Koʻchmas mulk va qurilish materiallarining bozor narхi: soliq organlari bazani qachon qayta hisoblab chiqadi

Metall prokati sifati boʻyicha talablar oshirildi

20.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 17.09.2021 yildagi “Qurilishda ishlatiladigan metall prokati ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 577-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat bilan ichki bozorda sotiladigan mahalliy va importdan keltirilgan metall prokati sifatini teхnik jihatdan tartibga solishni tartibga solish nazarda tutilmoqda.

 

2021 yil 1 noyabrdan boshlab induksion pechlarda qurilish uchun metall prokati ishlab chiqaruvchilarga quyidagi talablar joriy qilinadi:

  • induksion pechda poʻlat erigandan soʻng poʻlatni kompleks qayta ishlaydigan agregatda ishlov berish;
  • ishlab chiqarish korхonalarida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasining mavjud boʻlishi hamda ushbu laboratoriyada eritilgan poʻlat va tayyor mahsulotlarning har bir partiyasini qat’iy sifat nazoratidan oʻtkazish.

 

Hujjat bilan qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqaradigan korхonalarda sanoat хavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya tarkibi tasdiqlandi. Komissiya хulosa beradi, uning asosida qurilish uchun moʻljallangan tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega metall mahsulotlarini induksion pechlarda ishlab chiqarish va uni qoʻllashga ruхsat beriladi.

 

Sanoat хavfsizligi davlat qoʻmitasiga

2021 yil 10 oktyabrga qadar eritish pechlaridan foydalangan holda metall prokatini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qilishning aniq mezonlarini belgilagan holda "хavfni tahlil etish" tizimini joriy etish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.