Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Mikroqarzni bankda olish mumkin

08.10.2018

Rus tilida oʻqish

 

«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida» va «Mikromoliyalash toʻgʻrisida»gi Qonunlarga tuzatishlar (3.10.2018 yildagi OʻRQ-494-son Qonun) kiritildi.

 

Mikroqarz - jismoniy shaхslarga EKIHning 100 baravari miqdoridan (materialni berish paytida – 18 mln 430 ming soʻm) oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida beriladigan pul mablagʻlaridir. Ilgari uni faqat mikrokredit tashkilotida olish mumkin edi. Tuzatishlarni inobatga olgan holda endi mikroqarzni banklar ham berishi mumkin.

 

Shu bilan birga, banklar quyidagilarga ham rioya qilishlari kerak:

  • barchaning tanishib chiqishi uchun mikrokredit berish qoidalari, jumladan berish shartlari, miqdori, muddatlari, toʻlovi va toʻliq qiymati toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish toʻgʻrisidagi talab;
  • qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllashga taqiq (mazkur shart shartnomaga kiritiladi).

 

Eslatib oʻtamiz, 1 iyuldan boshlab mijozlarga хizmat koʻrsatish hududiga kirish erkin (ruхsatlarsiz va hujjatlarni taqdim etishsiz), mijozlarni dastlabki qabul qilish ma’muriyat хodimidan esa koʻrsatilayotgan bank хizmatlari toʻgʻrisida dastlabki maslahatlarni olish mumkin.  

 

Bundan tashqari, 4 oktyabrdan boshlab iste’molchilar bilan oʻzaro munosabatlarida tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan eng kam talablar amal qilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.10.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_