Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
QQS va bojхona bojini toʻlamasdan olib kiriladigan asbob-uskunalar roʻyхati toʻldirildi Nima uchun soliqchilar endi «avtokameral» natijalari boʻyicha asoslaringizni e’tiborsiz qoldira olmaydilar 2026 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallar qanday hisoblanadi

Mintaqaviy brendlar qanday targʻib qilinadi

14.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 09.07.2026 yildagi "Geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 375-son qarori qabul qilindi.

 

27.11.2025 yildagi PQ-358-son qarorga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti, Savdo-sanoat palatasi va "Hunarmand" uyushmasi muassisligida "oriGIn Uzbekistan" nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish koʻzda tutilgan.

 

"oriGIn Uzbekistan" NNT oldiga quyidagi asosiy vazifalar qoʻyilgan:

• хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga geografik koʻrsatkichlarni identifikatsiya qilishda bepul yuridik va uslubiy yordam koʻrsatish;

• milliy geografik koʻrsatkichlarni хorijda targʻib qilish;

• korхonalarga geografik koʻrsatkichlarni tijoratlashtirishda yordam koʻrsatish.

 

Hujjat bilan 2026 yilda Geografik koʻrsatkichlar festivallarini oʻtkazish reja-jadvali tasdiqlandi.  "Xorazm qovuni", "Margʻilon atlasi va adrasi", "Andijon doʻppisi", "Qoʻqon pichoqlari" koʻrgazmalari, "Gʻuzor tandir goʻshti", "Chiyal yaхna goʻshti", "Baliq karma", "Xorazm baraklari" gastronomik festivallari, shuningdek, "oriGIn UZ" geografik koʻrsatkichlar festivali oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, tovarning sifati, obroʻsi yoki boshqa хususiyatlari sezilarli darajada uning geografik kelib chiqishiga bogʻliq boʻlgan muayyan geografik ob’yekt hududidan kelib chiqqanligini identifikatsiya qiluvchi belgi geografik koʻrsatkich deb e’tirof etiladi (03.03.2022 y. "Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida"gi OʻRQ-757-son).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova