ITIning ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat koʻrsatish vazifalari yuklatilgan muhandis-texnik xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta indeksatsiyalandi (29.11.2019 yildagi 3104-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang).
Bu avgust oyida byudjetdan moliyalanadigan tashkilotlar xodimlarining ish haqi oshirilganligi bilan bogʻliqdir. Eslatib oʻtamiz, oʻsha paytdagi indeksatsiya 10%ni tashkil etgan. Yuqorida aytib oʻtilgan xodimlarning maoshi ham shunday tartibda oshirilgan. Bu pulda quyidagicha ifodalanadi.
1 avgustdan bosh muhandisning bazaviy lavozim maoshi 4 029 300 soʻmni, bosh konstruktor va texnologniki – 3 575 550 soʻmni tashkil etadi. Quyi lavozimlardagi mutaxassislarning maoshi mehnat stajiga qarab belgilanadi (quyidagi jadvalga qarang).
|
Lavozim nomi |
Bazaviy lavozim maoshi miqdorlari 2019 yil 1 avgustdan boshlab tegishli faoliyat sohasidagi stajiga qarab (soʻm): |
||
|
2 yildan kam |
2 yildan 5 yilgacha |
5 yildan koʻp |
|
|
Yetakchi muhandis, yetakchi konstruktor, yetakchi texnolog |
— |
2 867 500 |
3 049 200 |
|
Oliy ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar) |
1 796 850 |
1 960 200 |
2 087 250 |
|
Oʻrta ma’lumotli mutaxassislar (muhandislar, konstruktorlar, texnologlar) |
1 524 600 |
1 651 650 |
1 760 550 |
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida 29.11.2019 yilda e’lon qilingan.
Oleg Zamanov.



