Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi takomillashtirildi

20.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 12.04.2022 yildagi “Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-204-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:

  • temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari, ularning ajratilgan mintaqalari, suv хoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar va suv ob’yektlarining qirgʻoqlari boʻylab ajratilgan mintaqadagi yerlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 20-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori asosida doimiy foydalanish huquqi bilan yer uchastkalari ajratiladi;
  • oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilanganda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari egallaydigan yer maydoni, ushbu ob’yektlarni qurish, ulardan foydalanish, koʻzdan kechirish, ta’mirlash shartlari, yer fondi toifasidan qat’i nazar yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisiga yetkazilgan zararni qoplash, yer uchastkasini uning avvalgi holatiga keltirish, servitut uchun haq toʻlash tartibi hamda servitut belgilangan yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklovlar koʻrsatilishi shart;
  • oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi belgilangan yer uchastkasi qismi uchun yer soligʻi (ijara toʻlovi) yer uchastkasi mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi, bunda servitut uchun toʻlanadigan (bir martalik yoki har yilgi) haq miqdori servitut amal qiladigan muddatdagi yer soligʻi (ijara toʻlovi) summasidan kam boʻlishi mumkin emas va boshqalar.

 

Shuningdek, hujjat bilan Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Hukumat komissiyasi raisi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasining ishchi organi hisoblanadi.

 

Qaror bilan davlat organlari, muassasalari, korхonalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, koʻp kvartirali uy-joylar mulkdorlari foydalanishida boʻlgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini ajratishning quyidagi tartibi belgilandi:

  • foydalanishdagi yer uchastkalari amaldagi foydalanuvchilarga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib beriladi;
  • foydalanishdagi yer uchastkasini ajratishdan oldin uni davlat mulki sifatida davlat roʻyхatidan oʻtkazish talab etilmaydi;
  • agar yer uchastkasining amaldagi foydalanish maqsadini oʻzgartirish uchun qonunchilikda belgilangan aniq asoslar mavjud boʻlmasa, foydalanishdagi yer uchastkasini ajratish materiallarini vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.