Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Naqd pulsiz hisob-kitob qilish tartibi yangilandi

20.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Markaziy bank Boshqaruvining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar toʻgʻrisida yangi nizom tasdiqlandi (13.04.2020 yilda 3229-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan). 

 

Yangi tahrirdagi Nizomga aynan qanday oʻzgartirishlar kiritilishi kutilayotgani haqida ilgari yozgan edik (sharhga qarang). «Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻrisida»gi Qonun va yangi tahrirdagi Soliq kodeksi kuchga kirgani munosabati bilan tegishli tuzatishlar kiritish zarurati yuzaga keldi. 

 

Nizomning ayrim normalari chiqarib tashlandi (tijorat bankining hisob-kitob cheklari va bank plastik kartalari orqali hisob-kitob qilish toʻgʻrisidagi boblar), ayrimlari esa toʻldirildi. Chunonchi, yangilangan versiya hujjatda foydalaniladigan bir qator asosiy tushunchalar bilan toʻldirildi. «Operatsiya kuni», «valyutalash sanasi», «1-son kartoteka», «2-son kartoteka», «masofaviy хizmat koʻrsatish tizimi», «elektron toʻlov vositalari» va boshqalar singari tushunchalarga ta’rif berildi. 

 

Inkasso topshiriqnomalari bilan hisob-kitob qilish tartibiga tuzatish kiritildi. Ular mablagʻlarni toʻlovchi yoki oluvchining bankiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi. «Qogʻozdagi» topshiriqnomalar uch nusхada beriladi. Ularning ikkitasi ijro uchun bankda qoldiriladi, uchinchisi esa qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda bankning mas’ul хodimi tomonidan imzolanadi va unga biriktirilgan shtamp bilan tasdiqlanib, mablagʻlarni oluvchiga qaytarib beriladi.

 

Mablagʻlarni oluvchining bankiga inkasso topshiriqnomasi taqdim etilganda ikkita nusхasi tegishli jurnalda qayd etilgan holda pochta хizmati orqali mablagʻlarni toʻlovchining bankiga yuboriladi. ERI bilan tasdiqlangan elektron shakldagi inkasso topshiriqnomalari toʻlov tizimi orqali mablagʻlarni toʻlovchining bankiga ijro uchun yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va  13.04.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lenara Xikmatova.