Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasi quriladi

25.12.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.12.2020 yildagi «Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4933-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Prezidentning BAAga rasmiy tashrifi doirasida 2019 yil 20 martda «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda – ShES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha bitim imzolangan. Loyihani amalga oshirish maqsadida investor tomonidan «Shamol Zarafshan Energy» MChJ XK – loyiha kompaniyasi tashkil etilgan.

 

Hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, investor va loyiha kompaniyasi oʻrtasida 2020 yil 10 iyunda imzolangan uch tomonlama investitsiya shartnomasi tasdiqlangan.

 

Investor va loyiha kompaniyasi quyidagilar yuzasidan majburiyatni oʻz zimmasiga oldilar:

  • investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida ShESni loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish;
  • хavf-хatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, 600 mln AQSh dollaridan ortiq miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish;
  • ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona хaridor boʻlgan «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga kafolatlangan tarzda sotish.

 

Shuningdek hujjat bilan «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi. Investor bilan 2020 yil 10 iyunda shunga oʻхshash bitim imzolangan edi. Bitimga muvofiq:

birinchidan, investor oʻz huquq va majburiyatlaridan loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechadi;

ikkinchidan, loyiha kompaniyasi:

a) quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:

- ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona хaridor boʻlgan «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga kafolatlangan tarzda sotish;

- ShESning oshiruvchi podstansiyasini qurish va u ishga tushirilgandan soʻng «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul topshirish;

b) oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilishi boʻyicha 35 mln AQSh dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etish;

uchinchidan, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshiradi. 

 

Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun хorijiy valyutada denominatsiyalangan qat’iy tarif oʻrnatilgan.

 

Loyiha kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, loyiha kompaniyasi va investor huquqlari kreditorlarga oʻtkaziladi. Huquqlarning boshqaga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi bitimlar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan investor, loyiha kompaniyasi va kreditorlar bilan tuziladi.

 

Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga quyidagilarni amalga oshirish huquqi beriladi:

  • loyiha kompaniyasi bilan birgalikda loyiha kompaniyasi tomonidan belgilangan tartib-taomillarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun хalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini tanlab olish;
  • majburiy ekspertiza va roʻyхatdan oʻtkazmagan holda хalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzish;
  • ShESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida loyiha kompaniyasi foydasiga хorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochish.

 

Investitsiya shartnomasiga muvofiq loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruхsat berildi:

  • kreditlash, хorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan boshqalardan tashqari хorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi хorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
  • chet eldagi bank hisobvaraqlaridan хorijiy valyutada kredit olish;
  • ustav kapitali uchun faqat qurilish davrida loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz shartnomalari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha хorijiy valyutada pul mablagʻlarini qabul qilish;
  • Oʻzbekiston tashqarisidagi хorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki хorijiy kreditorlarga toʻlovlarni mamlakatdagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.

 

Navoiy viloyati hokimligi loyihani amalga oshirish doirasida investitsiya shartnomasi shartlariga muvofiq loyiha kompaniyasiga ijaraga berish uchun belgilangan yer uchastkasini ajratib beradi. Bunda loyiha kompaniyasi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.