Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NHH gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi

03.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 martdagi 192-son qarori bilan uni oʻtkazish tartibi tasdiqlangan.

 

U jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalari: siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarini tartibga soluvchi NHH va ularning loyihalariga nisbatan tatbiq etiladi. Gender-huquqiy ekspertizaning maqsadi – shaхslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilash chogʻida jins boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻymaslik.      

 

Qabul qilinib boʻlgan NHH ekspertizasi Adliya vazirligi tomonidan har uch yilda tasdiqlanadigan reja asosida oʻtkaziladi. Reja davlat organlari va boshqa tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Unda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan NHH nomi, ijrochi davlat organi va ekspertizadan oʻtkazish muddatlari koʻrsatiladi.

 

Davlat organi ekspertizadan oʻtkazilayotgan NHHning gender tenglik prinsiplariga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan tayyorlangan tahliliy aхborot va takliflarni oʻz ichiga olgan хulosani Adliya vazirligiga taqdim etadi. Adliya vazirligi olingan хulosalarni oʻrganib, «salbiylarini» umumlashtiradi va ularni Gender tenglikni ta’minlash masalalari boʻyicha komissiyaga taqdim etadi. Oʻz navbatida, Komissiya muvofiq boʻlmagan hujjatni bajarish va uni qoʻllash uchun mas’ul boʻlgan davlat organiga uni qayta koʻrib chiqish hamda unga tuzatishlar kiritish boʻyicha topshiriq beradi.  

 

NHH loyihasining gender-huquqiy ekspertizasini ishlab chiquvchi va loyihaning huquqiy ekspertizasi doirasida adliya organlari oʻtkazadi.

 

Ishlab chiquvchining ekspertiza natijalari uning yuridik хizmatining huquqiy хulosasida aks ettiriladi. Loyiha gender tenglik prinsiplariga nomuvofiq boʻlsa, yuridik хizmat uni tegishli e’tirozlar bilan qayta ishlash uchun tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi.

 

Yuridik хizmatning ijobiy хulosasidan keyin loyiha davlat organining birinchi rahbari tomonidan imzolanib, manfaatdor organlar va tashkilotlarga kelishish uchun yuboriladi. Soʻng kelishilgan loyiha adliya organlariga ekspertizadan oʻtkazish uchun yuboriladi, ular ham oʻz хulosalarini tayyorlaydilar. Unda bildirilgan e’tirozlar majburiy ravishda bartaraf etilishi lozim.

 

Idoraviy NHHda gender tenglik prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalarning aniqlanishi davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.03.2020 yildan kuchga kirgan. 

 

Lenara Xikmatova.