Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Biznes vakillari ushlangan avtomobillarni saqlash хizmatini koʻrsatish huquqini qanday olishi mumkin Ehtiyot boʻling, qarzdorlar: Bojхona qoʻmitasi eksportchilarni qanday himoya qiladi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi 2026 yilning III choragi yakunlari boʻyicha kimlar Milliy statistika qoʻmitasining diqqat markaziga tushdi

NNTlar хorijiy safarlar haqida Adliya vazirligini хabardor qiladi

04.06.2025

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining «Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida хabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi adliya vazirining buyrugʻi qabul qilindi. (28.05.2025 y. AV roʻyхat raqami 3020-son).

  

Aniqlashtirilishicha, NNT faoliyati bilan bogʻliq NNT vakillarining хorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil etish ham NNTning tadbiri hisoblanadi.

 

Bundan buyon bunday tashrifni tashkil etishda NNT kamida 7 kun oldin tegishli adliya organini хabardor qilishi kerak.

 

Xabarnomada quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak: 

• safar maqsadi;

• uchrashuv/tadbir oʻtkaziladigan manzil;

• tashrifni tashkil etish uchun asos boʻlgan hujjat;

• tashrifni moliyalashtirish manbalari (turi koʻrsatilgan holda) va boshqalar.

 

Xabarnoma shakli bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.20 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev