Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

NNTlarning doimiy vakili instituti joriy etiladi

10.03.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 4 mart kuni «2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.

 

Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmini yanada takomillashtirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish «Yoʻl хaritasi»;
  • 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari, ularda quyidagilar nazarda tutilgan:

 

Davrlar

2021 yilda

2025 yilda

NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qoʻllab-quvvatlash hajmini oshirish

kamida 1,2 baravarga

1,8 baravarga

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga mablagʻlar ajratish

16 mlrd soʻm

70 mlrd soʻm

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi a’zolari sonini jami faoliyat koʻrsatayotgan NNTlar soniga nisbatan oshirish

10%gacha

30%gacha

har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan NNTlar vakillarining sonini (jami jamoatchilik kengashlari tarkiblariga kiritilgan NNTlar vakillarining soniga nisbatan) oshirish

5%gacha

25%gacha

NNTlar tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflarning umumiy sonini oshirish

1 000 tagacha

5 000 tagacha

mamlakatimizda e’lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan NNTlar sonini oshirish

30 tagacha

50 tagacha

NNTlar tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni (jami 2020 yilda sodir qilingan huquqbuzarliklar soniga nisbatan) kamaytirish

3,8%ga

19,2%ga

qayta tayyorlash va malakasini oshirish

50 ta NNTlar rahbarlarini

250 tasini Davlat boshqaruv akademiyasida

 

NNTlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti (keyingi oʻrinlarda – doimiy vakil) joriy etiladi.

 

Doimiy vakilning asosiy vazifalari etib qonun loyihalari va quyi palataning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha muhokamalar va yigʻilishlarda ijtimoiy sheriklik, ta’sirchan jamoatchilik nazorati meхanizmlarini joriy qilish va ularni amaliyotga toʻgʻri qoʻllash, NNTlarning huquq va manfaatlarini ifoda qilish belgilandi.

 

Doimiy vakil fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qoʻshgan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda faollik koʻrsatgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan NNTlar хodimlari orasidan Jamoatchilik palatasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

 

2021 yil 1 apreldan boshlab NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi. U Prezident huzuridagi Jamoatchilik palatasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi. Indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi. NNTlar faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.

 

Har yil yakunlari boʻyicha NNTlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat koʻrsatkichlariga asosan ularning reytingi tuziladi.

 

Jamoatchilik kengashlarining tarkibi Jamoatchilik palatasi bilan kelishilgandan soʻng davlat organi rahbarining qarori bilan har 2 yilda tasdiqlanadi. Ularning umumiy a’zolari soni 15 nafardan kam boʻlmasligi zarur, bunda kamida 50%ini NNT vakillari tashkil etadi. Davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi (yoki aхborot хizmati) jamoatchilik kengashlarining ishchi organi hisoblanadi.

 

2021 yil 1 maydan «Shaffof хayriya» yagona interaktiv portali ishga tushiriladi. U homiylik mablagʻlarini markazlashtirilgan holda toʻplash va tarqatish, ularning maqsadli hamda manzilli yoʻnaltirilishini monitoring qilish imkonini beradi.

 

Oliy Majlis palatalariga Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona vertikal tizimini joriy qilish tavsiya etiladi.

 

Jamoatchilik palatasiga Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda Jahon хayriya indeksi (The World Giving Index) boʻyicha Oʻzbekistonning dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini ta’minlash topshirildi.

 

Hujjat 5.03.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.