Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Noruda materiallarni qazib olish ustidan nazorat kuchaytirildi

23.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 17.01.2024 yildagi  PF-14-sonli «Suv havzalarida noruda materiallarni qazib olishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.

 

2024 yil 1 maydan boshlab: 

  • Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surхondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi;
  • daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish huquqini faqat «E-auksion» elektron savdo platformasi orqali realizatsiya qilish;
  • daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olishni taqiqlash va togʻli yoki togʻoldi hududlarda (quruqlikda) joylashgan muqobil kon uchastkalarida qazish ishlarini tashkil etish taqiqlanadi.

 

Moratoriy davrida daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini noqonuniy qazib olish natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 10 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi.  

 

Ekologiya vazirligiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish tartibini buzgan shaхslarga nisbatan monitoring yuritish, doimiy reydlar oʻtkazish va choralar koʻrish;
  • daryo boʻylari, sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalaridan qum-shagʻal materiallarini qazib olish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotgan  barcha sub’yektlar tomonidan tegishli majburiyatlarning bajarilishini qat’iy nazoratga olish.

 

2024 yil  1 aprelga qadar togʻli va togʻoldi hududlarida muqobil noruda foydali qazilma konlari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish boʻyicha 2030 yilgacha moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.01.2024 yildan kuchga kirdi.