Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

09.04.2021

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirligi Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritdi (roʻyхat raqami 3113-6, 1.04.2021 y.).

 

Birinchidan, ID-kartalar joriy qilinganligi munosabati bilan Yoʻriqnomaning tegishli bandlariga oʻzgartirishlar kiritildi. Xususan, notarial bitimlarni amalga oshirish uchun murojaat qiladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarning shaхsini tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga ID-kartalar ham kiritildi.

 

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 18.11.2020 yildagi 726-son «Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritildi. Tadbirkorlik sub’yektlari – yuridik shaхslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda (27-b.) hamda umumiy ulushli mulk ishtirokchisining ayrim bitimlarini tasdiqlashda (35-b.) Notariuslar tomonidan koʻchmas mulklarni boshqa shaхsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlashning ma’muriy reglamenti qoidalari qoʻllanilishi belgilandi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.



Nargiza Vo
hidova.