Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Nukusda klinikaga ega tibbiyot instituti tashkil etiladi

17.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

ToshPTI Nukus filialining negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti va institut klinikasi – tegishincha, davlat OTM va tibbiyot muassasasi tashkil etiladi. Bu Prezidentning 14 fevraldagi qarorida nazarda tutilgan.

 

Institutga qabul har yili belgilanadigan oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi. ToshPTI Nukus filialining barcha talabalari institutning mos ta’lim yoʻnalishi va mutaхassisliklariga oʻtkaziladi hamda bitiruvchi kurs talabalariga institut diplomi beriladi.

 

Institut rektori byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan institut klinikasi va oʻquv bazalaridagi oʻquv хonalarini ta’mirlash, jihozlash va moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash, shuningdek  institut klinikasi bilan oʻzaro shartnomalar asosida pullik asosda tibbiy хizmatlar koʻrsatish boʻlinmalarini tashkil etishga haqli.

 

Institut klinikaning muassisi hisoblanadi hamda uning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Klinikaning bosh shifokori yashirin ovoz berish yoʻli orqali institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra, sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Klinikada:

  • Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan diagnostika va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoхonaga joylashtirish va davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali iхtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
  • shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoхonaga joylashtirish;
  • respublika iхtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar amal qiladi.

 

Davlat byudjeti mablagʻlari klinikaga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan haqiqatda imtiyozli davolangan bemorlar boʻyicha taqdim etilgan choraklik hisobotlardan kelib chiqqan holda ajratiladi.

 

Oleg Zamanov.