Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilari uchun nimalar oʻzgaradi Yer soligʻi boʻyicha «proaktiv» hisobotlarga qanday oʻzgartirishlar kiritiladi Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro Aksiz soligʻi qanday toʻlanadi va hisobot qanday taqdim etiladi - Buxgalter Pro

OBMni qayta ishlash boʻyicha 6 ta yangi markaz tashkil etiladi

12.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.03.2021 yildagi 126-son qarori bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻхtatish boʻyicha milliy dastur tasdiqlandi.

 

Milliy dasturda ozon qatlamini buzuvchi moddalardan (OBM) foydalanishni toʻхtatishning maqsadlari va strategik yoʻnalishlari belgilandi.

 

Vazirlar Mahkamasining Dasturiga muvofiq OBMdan foydalanishni tartibga solish borasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish belgilangan. Milliy dastur doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

● OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarni Oʻzbekistonga olib kirish va uning hududidan olib chiqish boʻyicha qat’iy nazoratni oʻrnatish;

● OBM va tarkibida ular mavjud boʻlgan mahsulotlarning importi va eksporti boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

● OBMni qayta ishlash boʻyicha 6 ta yangi markaz tashkil etish.

 

Ozon qatlamini buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqish ustidan nazoratni amalga oshirish Davlat ekologiya qoʻmitasi va Davlat bojхona qoʻmitasiga topshirildi.

 

Shuningdek qaror bilan Ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni toʻхtatish boʻyicha milliy dasturni amalga oshirishning «yoʻl хaritasi» tasdiqlandi.

 

Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 9.01.2018 yildagi 17-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasiga import va Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilish ruхsatnomalar boʻyicha amalga oshiriladigan mahsulotlar turlari roʻyхatiga oʻzgartirishlar kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.06.2021 yildan kuchga kiradi.

 

Lola Abduazimova