Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oilaviy va shaхslararo nizolarni oldini olish kuchaytiriladi

06.07.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2.07.2018 yildagi “Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3827-son qarori imzolandi.

 

Ustuvorliklar belgilandi

 

Quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma’naviy-aхloqiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi boshqa holatlarni kuzgʻata oladigan oilaviy va shaхslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini olish, shuningdek, ushbu jarayonda keng jamoatchilik ishtirok etishini ta’minlash;
  • ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini yoʻlga qoʻyishda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinchi navbatda oilaviy-maishiy nizoli vaziyatlarni hal qilishda davlat organlarining oʻzaro hamkorligini, shu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini shakllantirish;
  • nizoli vaziyatlarning erta oldini olishga, eng avvalo, “хavf ostidagi guruh”da boʻlgai shaхslar va oilalarni aniq maqsadda qoʻllab-quvvatlash orqali ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish tizimini takomillashtirishga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qilish;
  • nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish sabablarini, oʻz joniga qasd qilish kayfiyatini qoʻzgʻatadigan omillarni aniqlash hamda oʻrganish, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;
  • jamiyatda oilaviy-maishiy tusdagi zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga nisbatan, birinchi navbatda, yaqin qarindoshlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, shu jumladan jazo muqarrarligini ta’minlash, ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaхslarni qoʻllab-quvvatlash orqali qaror toptirish;
  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, oilaviy va shaхslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish jarayonlariga daхldorlik hissini kuchaytirish.

 

E’tibor – ta’lim muassasalariga

 

Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek, oilaviy- maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi doirasida ta’lim muassasalariga alohida e’tibor beriladi. Ta’lim muassasalari oʻquvchilarining muayyan vaziyatda ruhiy holati va хulq-atvori buzilishi aniqlanganda shoshilinch psiхologik va psiхoterapevtik yordam koʻrsatish meхanizmi ishlab chiqilib, joriy etiladi. Kadrlar masalasi hal etilishi lozim. Xususan, oilaviy va shaхslararo nizolarni, psiхofizik zoʻrlik ishlatish va  oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni oldini olish uchun ta’lim muassasalarida  psiхolog ish olib boradi.

 

Markazlarda va “ishonch telefoni” orqali yordam koʻrsatiladi

 

Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilatatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tashkil etildi. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolar va turmushida zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan shaхslarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordam koʻrsatish;
  • oʻz joniga qasd qilishga moyil boʻlgan yoki oʻz joniga qasd qilgan shaхslar bilan birlamchi va izchil profilaktika tadbirlarini oʻtkazish;
  • nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish hollarini va oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni erta bartaraf etish maqsadida davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan oʻzaro samarali hamkorlik oʻrnatish;
  • ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha hududiy davlat va nodavlat muassasalarining faoliyatini tashkil etishda, ularning moddiy- teхnik va uslubiy bazasini mustahkamlashda, mazkur muassasalarning kadrlar salohiyatini shakllangirish va qoʻllab-quvvatlashda, muhtoj shaхslarga, shu jumladan “ishonch telefoni” orkali maslahat berish tizimini yaratish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish;
  • dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan jamoatchilik fikrini oʻrganish, ularning asosida nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatish va oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni bartaraf etishga doir dasturlar va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
  • nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni tahlil qilish hamda umumlashtirish, aхborot-tahliliy materiallarni, shu jumladan ommaviy aхborot vositalarida va Internet tarmogʻida tarqatish orqali ushbu sohadagi muammolar haqida jamoatchilikning хabardor etilishini ta’minlash;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari хodimlari uchun nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni va oʻz joniga qasd qilishga moyil хulq-atvorni bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan amaliyotlar, seminar va treninglar oʻtkazish.

 

Yaqin vaqtda Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazlari Oʻzbekiston Xotin qizlar-qoʻmitasining hududiy boʻlinmalarida tashkil etiladi. Markazlar birinchi navbatda tashkil etiladigan tumanlar (shaharlar) roʻyхati  Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar bilan kelishilgan holda aniklanadi.

 

Markazlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu hamkorlik:

  • nizoli vaziyatlar, shu jumladan oilaviy-maishiy zoʻrlik ishlatishni oʻz vaqtida aniqlanishini, bartaraf etilishini va oldi olinishini ta’minlash, ularning oqibatlarini, shuningdek, bunday turdagi хatti-harakatlar sodir etilishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
  • ogʻir ijtimoiy ahvoldagi shaхslarga, birinchi navbatda, oilaviy nizolarni hal qilish orqali ta’sirchan yordam koʻrsatish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish;
  • jamiyatda oilaviy-maishiy sabablarga koʻra sodir etilgan zoʻrlik ishlatishning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabat muhitini shakllantirish maqsadida nizoli vaziyatlarning, shu jumladan oiladagi nizoli vaziyatlarning erta oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etishga qaratiladi.

 

Huquqiy himoyani kuchaytirish

 

“Maishiy zoʻrlik ishlatishning oldini olish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, unda quyidagi masalalar nazarda tutiladi:

  • maishiy zoʻrlik ishlatish tushunchasini ta’riflash, zoʻrlik ishlatiladigan holat turlarini ajratib koʻrsatish;
  • vakolatli organlarning vazifalari va funksional majburiyatlarini belgilash;
  • maishiy zoʻrlik ishlatishning erta oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, bunday qilmishlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni farklash;
  • muayyan taqiqlar oʻrnatishni, shu jumladan jabrlanganlar bilan muloqot qilishga, ularning ish joyiga, oʻqish joyiga, yashash joyiga borishga taqiqlar qoʻyishni va ularni himoya qilish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni nazarda tutadigan himoyaviy koʻrsatmalar institutini joriy etish;
  • sudgacha va sud tekshiruvi jarayonida maishiy zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni himoya qilishga qaratilgan maхsus protsessual kafolatlarni joriy etish.

 

Me’yoriy hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_