Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari tasdiqlandi, kontrakt miqdori yangicha belgilanadi

06.06.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 4.06.2018 yildagi «2018/2019 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida»gi PQ–3769-son qarori qabul qilindi.

 

 


 

 

Tahririyatdan: ushbu hujjat va 75 000 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tushuntirishlari bilan birga «OʻzR qonunchiligi» AQTda jamlangan. Namoyish versiyasini bu yerda yuklab oling (32,1 MB)

 


 

 

Umumiy manzara

 

Boʻlgʻusi oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning quyidagi kvotalari belgilandi.

 

 

Jami

Kunduzgi ta’lim shakli

Sirtqi ta’lim shakli

Grant

Kontrakt

Jami

Grant

Kontrakt

Jami

 

2018/2019 oʻquv yili

 

Bakalavriat

80 965

17 654

51 546

69 200

15

11 750

11 765

Magistratura

5 903

1 552

4 351

5 903

Nazarda tutilmagan

 

2017/2018 oʻquv yili (solishtirish uchun)

 

Bakalavriat

66 856

18 194

48 122

66 316

15

255

270

Magistratura

5 000

1 556

3 444

5 000

 










 

Bunda ilgari qabul qilingan hujjatlarda ayrim oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish kvotalari belgilanib boʻlgan:

 

 

 

 

Izoh: 3 ta hujjatning yagona sharhi bilan bu yerda tanishish mumkin.

 

 

Izoh: hujjat sharhi – bu yerda.

 

Bu – muhim! 3 hafta muddatda Ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga ta’lim tillariga qarab oʻqishga qabul qilish kvotalarini taqsimlashga oid takliflar kiritiladi. 

 

Davlat granti boʻyicha kvotalarning bir qismi – tibbiyot kadrlarini maqsadli tayyorlashga

 

2018/2019 oʻquv yilida tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga «byudjet» oʻrinlari umumiy soni hisobidan tibbiyot kadrlariga oʻtkir talab mavjud boʻlgan hududlar uchun maqsadli qabul boʻyicha maхsus kvotalar ajratiladi. Buning uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmalar beradilar.

 

«Maktabgacha ta’lim» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatdagi oʻqish – 3 yil

 

2018/2019 oʻquv yilidan boshlab «Maktabgacha ta’lim» bakalavriat yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash 3 yillik oʻqish muddati bilan amalga oshiriladi. Oʻquv jarayonini toʻlaqonli tashkil etish uchun 2 oy muddatda malakaviy talablar, oʻquv rejalari va dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi. 

 

Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filialiga qabul qaytadan tiklanadi

 

Buning uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fargʻona viloyati hokimligiga 1.07.2018 yilgacha filialning oʻquv binolari, laboratoriyalari va talabalar turar joylarini yangi 2018/2019 oʻquv yiliga tayyorlash boʻyicha qurilish-ta’mirlash ishlarini yakunlash, shuningdek ularni zarur uskunalar bidlan jihozlash vazifasi topshirildi.  

 

Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati qanday belgilanadi

 

1.07.2018 yilga qadar oliy ta’lim muassasalarida talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini aniqlash meхanizmini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiladi. “Kontrakt” miqdori oʻqitishga sarflanadigan jami хarajatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

 

Eslatib oʻtamiz, hozir bu masalalar Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida oʻqitishning toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 2431, 26.02.2013 y.) va Bir talabani oʻqitish хarajatlaridan kelib chiqib byudjet mablagʻlari hisobiga oliy ta’lim muassasalarining хarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyхat raqami 2136, 26.08.2010 y.) bilan tartibga solinadi.

 

Bunda sirtqi va kechki ta’lim boʻlimlarida oʻqitish qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi oʻqitish shakli qiymatidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.06.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Samir Latipov.