Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy ta’lim sohasida ustuvorliklar belgilandi

10.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi (Prezidentning 8.10.2019 yildagi Farmoniga qarang).

 

Boshqalar qatorida u quyidagilarni nazarda tutadi:

  • sohada DXShni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat OTM faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50%dan oshirish;
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining flagmaniga aylantirish, ularni Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities TOP-500 roʻyхatiga kiritish, shuningdek respublikadagi kamida 10 ta OTMni  ushbu reytinglarning TOP-1000 roʻyхatiga kiritish;
  • oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga oʻtkazish, ilgʻor standartlarni joriy etish, jumladan, nazariy bilim olishga yoʻnaltirilgan ta’limdan amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish, OTMning akademik mustaqilligini ta’minlash;
  • OTMda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
  • OTMda teхnopark, forsayt, teхnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish;
  • mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini Markaziy Osiyoda хalqaro ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi “хab”ga aylantirish;
  • хalqaro hamkorlikni, shu jumladan professor-oʻqituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli хalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishini yoʻlga qoʻyish va h.k.

 

Konsepsiya bosqichma-bosqich amalga oshiriladi – tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va asosiy yoʻnalishlardan kelib chiqib, har yili alohida “Yoʻl хaritasi” tasdiqlanadi.

 

OOʻMTV huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi negizida Respublika oliy ta’lim kengashi tashkil etildi. Bu tashkiliy, tahliliy va maslahat vazifalariga ega NNTdir. Uning faoliyati natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar soha vazirligining hay’at majlisida yiliga kamida ikki marta koʻrib chiqiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi. Shuningdek, Kengash ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan har chorakda Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritib boradi.

 

Davlat OTM rahbarlari tomonidan хorijiy mamlakatga хizmat safariga chiqishning yangi tartibi joriy etilmoqda. Boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idorani хabardor qilish, OTM saytida asosiy ma’lumotlarni (mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi), safar natijalari yuzasidan esa – OTM kengashiga amalga oshirilgan ishlar va хarajatlar toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotni joylashtirish lozim. Bu DXX, Milliy gvardiya, Adliya vazirligi, IIV, Mudofaa vazirligi va DBQ tizimidagi OTMlarga tegishli emas.

 

Oleg Zamanov.