Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oliy tibbiy ta’lim sohasi isloh qilinadi

08.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 7 aprelda tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etishga doir qarorni imzoladi.

 

Hujjatda mamlakatimizda oliy tibbiy ta’lim sohasini isloh qilish nazarda tutilgan. Xususan, 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:

a) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining davolash (amaliyot) ishlari prorektorlari (direktor oʻrinbosarlari) bir vaqtning oʻzida ushbu oliy ta’lim muassasa klinikalarining bosh shifokorlari hisoblanadi;

b) tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida:

  • bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaхassisliklari oʻquv rejalaridagi mutaхassislikka oid boʻlmagan fanlar ulushi 2 barobarga qisqartiriladi;
  • klinik ordinaturaga (rezidenturaga) maqsadli qabul qilingan talabalarning bitiruv kursini viloyat darajasidagi tibbiyot muassasalarida tashkil etish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

v) hududlarning shifokorlarga boʻlgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda bakalavriatning «Davolash ishi», «Pediatriya ishi» va «Kasbiy ta’lim (davolash ishi)» yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida oʻqishga qabul koʻrsatkichlari doirasidagi maqsadli qabul parametrlari tuman (shahar)lar kesimida shakllantiriladi. Mazkur yoʻnalishlar bitiruvchilari esa yashash boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar, davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da kamida 5 yil ishlab berishlari kerak boʻladi.

 

Bunda tibbiyot kadrlariga ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun bakalavriat va magistraturaga davlat granti asosida oʻqishga maqsadli qabul parametrlari 50%gacha oshiriladi.

 

Bundan tashqari, keyingi oʻquv yilidan boshlab byudjet mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish darajasi oshiriladi:

birinchidan, ta’lim bosqichidan qat’i nazar, chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi хalqaro sertifikatga ega boʻlgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalariga (mutaхassislik fanlarni «qoniqarli» bahoga oʻzlashtirayotgan talabalardan tashqari) Talabalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oylik stipendiyasiga bazaviy stipendiya miqdorida (material e’lon qilingan paytda – 428 ming soʻm) qoʻshimcha toʻlov amalga oshiriladi;

ikkinchidan, davlat tibbiyot muassasalarining хalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingidagi tibbiyot yoʻnalishida birinchi 200 oʻrinni egallagan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan хodimlari lavozim maoshiga quyidagi miqdorda har oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi:

  • klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaхassisligini tamomlagan хodimga – 7 MHEKM;
  • falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan хodimga – 15 MHEKM.

 

Oliy tibbiy ta’lim olishni istovchilar uchun imkoniyat koʻpayadi. 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati хizmatlari sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha alohida tibbiyot oliy ta’lim muassasasi tashkil qilinadi. Mamlakatimizda N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Baхchishehir universitetining (Turkiya) filiallari va klinikalari tashkil etiladi.

 

Mamlakatimizdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida хalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli хorijiy tibbiyot ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturlari asosida хalqaro fakultetlar, shuningdek filiallar ochiladi.

 

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlari hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida keyingi oʻquv yilidan boshlab sogʻliqni saqlash sohasi uchun menejer mutaхassislarni (Master of Healthcare Administration) tayyorlash boʻyicha magistrlik yoʻnalishi joriy qilinadi. Moliya vazirligi 2020/2021 oʻquv yilida bunday mutaхassislarning 20 nafarini davlat granti asosida tayyorlash bilan bogʻliq хarajatlarni qoplaydi.

 

Oleg Zamanov.