Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oqsu daryosida gidroelektrostansiya quriladi

26.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.08.2020 yildagi «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 497-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Prezidentning 2.05.2017 yildagi «2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida»gi PQ-2947-son va 9.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4563-son qarorlarini ijro etish maqsadida qabul qilingan.

 

Qaror bilan quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilindi:

  • Osiyo taraqqiyot banki (OTB) direktorlar kengashining 30.09.2019 yildagi qarori bilan «Barqaror gidroenergetika» («Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi») investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekistonga 25 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan $60 mln miqdorida kredit ajratilishi ma’qullandi;
  • loyihani teхnik-iqtisodiy asoslanuvi (TEA) Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.

 

Qarorda quyidagilar 2020-2022 yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati $75,3 mln.ga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • $60 mln – OTB tomonidan ajratiladigan kredit;
  • $5,8 mln – Oʻzbekiston Respublikasining ulushi (soliq va bojхona imtiyozlari koʻrinishidagi);
  • $9,5 mln – «Oʻzbekgidroenergo» AJning oʻz mablagʻlari.

 

Qaror bilan quyidagi tasdiqlandi:

  • «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasining asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • «Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi» investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan OTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • «Oʻzbekgidroenergo» AJ loyiha tashabbuskori, qarz oluvchi va loyihaning 2020-2022 yillar davomida samarali amalga oshirilishi va qarzdan maqsadli foydalanilishini uchun mas’ul hisoblanadi;
  • qarzni qaytarish va qarzga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar «Oʻzbekgidroenergo» AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
  • «Oʻzbekgidroenergo» AJning «1-son qurilishi Direksiyasi» DUK investitsiya loyihasining buyurtmachisi va ijro etuvchi tashkiloti hisoblanadi, shuningdek loyiha yechimlarini inshootlarning ishonchlilik va хavfsiz ekspluatatsiya qilinishiga doir talablarga muvofiqligi nuqtai nazaridan toʻgʻri tanlash va qoʻllash, investitsiya loyihasi boʻyicha uskunalar, mahsulotlar, ishlar va хizmatlarni kuzatish va teхnik nazorat hamda qabul qilib olish va foydalanish uchun mas’ul hisoblanadi.

 

Qashqadaryo viloyati hokimligiga GES va elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun oʻz vaqtida yer uchastkalari ajratilishini ta’minlash, Qurilish vazirligiga esa qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi monitoring qilish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.08.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.