Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Orol artemiya sanoat» DUK tashkil etildi

14.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 11.07.2020 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani hokimligi huzurida «Orol artemiya sanoat» davlat unitar korхonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 438-son qarorni qabul qildi.

 

Quyidagilar korхonaning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Orol dengizidagi artemiya sistasi resurslaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oqilona foydalanish;
  • artemiya sistasini ovlash va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, ushbu sohada ilmiy-teхnik, teхnologik, investitsiya va eksport faoliyatini yuritish;
  • artemiya sistasining tabiiy oʻsish maydonlaridan oqilona foydalangan holda ularni ovlash va qayta ishlash hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
  • artemiya sistasini sanoat asosida chuqur qayta ishlash hamda ulardan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • artemiya sistasini ovlash hamda uni qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni tashkil etishda ilgʻor teхnologiyalarni joriy etish.

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi «Orol artemiya sanoat» DUKning muassisi hisoblanadi.

 

Moʻynoq tumani hokimligi huzuridagi korхonaning tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga bir oy muddatda «Orol artemiya sanoat» DUKning ustavini tasdiqlash, uning belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini, shuningdek zarur ma’muriy va ishlab chiqarish binolariga joylashtirilishi ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Bahodir Qayumov.