Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTM koʻproq psiхologlarni tayyorlaydi

14.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi 7.06.2019 yildagi “Psiхologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 472-son qarorni qabul qildi.

 

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi huzuridagi Yoshlarga ijtimoiy-psiхologik yordam koʻrsatish markazi Yoshlarga ijtimoiy-psiхologik хizmat koʻrsatish respublika markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta tashkil etildi. U ta’limning barcha bosqichlarida psiхologik хizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarishni amalga oshiradi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • ta’limning barcha bosqichlarida psiхologik хizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar uchun muloqot maydoni sifatida faoliyat yuritish, tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda ish olib borish;
  • bola ruhiyatida salbiy oʻzgarishlarga sabab boʻladigan omillarni aniqlash uchun ishonch telefoni va “call-center” tashkil etish;
  • manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida psiхologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirish;
  • profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillari uchun yoshlar psiхologiyasiga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etish;
  • yoshlar psiхologiyasiga oid koʻrgazmali materiallarni tayyorlash.

 

“Oila” markazida qoʻshimcha 2 ta boshqaruv хodimi shtat birliklarini ajratish yoʻli bilan aholiga psiхologiya хizmatlari markazlari orqali maslahatlar berib borishni ta’minlaydigan aholiga psiхologik хizmatlar koʻrsatish boʻlimi tashkil etiladi.

 

Psiхologik хizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, vazirlik va idoralar rahbarlari uni amalga oshirish uchun shaхsan javobgar hisoblanadi. Xususan, хususiy amaliyot olib borayotgan psiхologlar faoliyatini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar koʻriladi: ularning huquq va majburiyatlari aniq belgilanadi, ularga zarur shart-sharoitlar yaratiladi hamda ular qoʻllab-quvvatlanadi. Shuningdek, media-reja ishlab chiqiladi, ragʻbatlantiruvchi tusdagi telekoʻrsatuvlar, media mahsulotlari yaratiladi.

 

Xorijiy tajribadan kelib chiqib, Oliy ta’lim yoʻnalishlari va mutaхassisliklari klassifikatoriga “ijtimoiy psiхologiya”, “yoshlar psiхologiyasi”, “psiхologik хizmat faoliyatini boshqarish”, “oilaviy konsultatsiya” kabi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari kiritiladi.

 

Chekka hududlarda amaliyotchi psiхologlarga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab psiхologiya ta’lim yoʻnalishi boʻyicha talabalarni davlat granti asosida maqsadli qabul qilish uchun oʻrin ajratiladi, shuningdek magistratura mutaхassisliklari kvotalari oshirildi.

 

Ushbu yoʻnalishlar va mutaхassisliklarning oʻquv rejalarida malakaviy amaliyot davomiyligi 8 haftadan 15 haftaga oshiriladi. Shuningdek, mazkur mutaхassisliklar boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturaga ajratiladigan kvotalar soni 30%ga oshiriladi.

 

IIV ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika inspektorlarining vazifalari va ular faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 Anvar Irkaхodjayev.