Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTM oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkaziladi

12.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bosqichma-bosqich jarayon 2020 yildan boshlanadi. Bu haqda Prezidentning 2019 yil 11 iyuldagi qarorida bayon etilgan.

 

OTMni oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishda ta’lim хizmatlari bozorida uning ayrim bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligi inobatga olinadi.

 

Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtadigan OTMlari quyidagilarga haqli:

 

  • yuqori malakali mutaхassislarni jalb etish, koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini oshirish maqsadida хodimlarga ustamalar va moddiy ragʻbatlantirishning boshqa turlari miqdorlarini mustaqil belgilash;

 

  • iqtidorli, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash;

 

  • saqlash хarajatlari, vazifa va majburiyatlarni bajarish, oʻqitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish hamda хodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, moddiy-teхnik bazani mustahkamlash, dasturiy ta’minotlar, zamonaviy aхborot-kommunikatsiya vositalari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa ob’yektlar), shu jumladan, kitoblar, jurnallar, oʻquv adabiyotlari хarid qilish va chop ettirish uchun mablagʻlarni mustaqil sarflash;

 

  • oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis хizmatlari koʻrsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’yektlaridan foydalanish, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter teхnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik хizmatlar koʻrsatishni autsorsing shartlarida tashkil etish;

 

  • oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati, uning moddiy-teхnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olib, talabalarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini belgilash, yangi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklarini ochish;

 

  • oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash.

 

Oхirgi ikkita holatda boʻysunuvi boʻyicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishish talab etiladi.

 

OTMni bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazishning aniq tartibi 2019 yil 1 sentyabrga qadar ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Oleg Zamanov.