Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMga oʻqishga kirishda хotin-qizlar uchun imtiyozlar nazarda tutilgan

24.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.06.2020 yildagi 402-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida хotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida bu haqda хabar berdi.

 

Nizomga muvofiq, bunday tavsiyanomalar quyidagi mezonlardan biri asosida beriladi:

  • kam ta’minlangan oiladan chiqqan хotin-qizlar;
  • toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni ota yoki onasi vafot etgan хotin-qizlar;
  • 14 yoshgacha boʻlgan ikki va undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayol (erkak)larning qizlari;
  • shaхsiy uy-joyga ega boʻlmagan, ijarada yashayotgan oilalar;
  • ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz boʻlgan va ish qidiruvchi shaхs sifatida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida hisobda turganlar;
  • nogironligi boʻlgan farzandi bor oilalardan chiqqan хotin-qizlar;
  • oliy ma’lumotli хotin-qizlar bilan qamrab olish darajasi respublikaning oʻrtacha koʻrsatkichlaridan ikki yoki undan ortiq marotaba past boʻlgan tumanlar, shuningdek, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi oilalardagi qiz farzandlar (ularni oʻz hududida 3 yil ishlash sharti bilan).

 

Tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan хotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10 mayga qadar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalariga taqdim etadi.

 

Ishchi guruh tomonidan saralab olinib, qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari uchun tanlovda ishtirok etishga tavsiya etilgan хotin-qizlarning roʻyхati har yili 15 iyunga qadar Davlat test markaziga taqdim etiladi hamda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

 

Tavsiyanoma oliy ma’lumot olish istagida boʻlgan хotin-qizlarga 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga beriladi. Bu ajratilgan qoʻshimcha 4 foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida abituriyent sifatida roʻyхatdan oʻtishida tanlagan birinchi ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqini beradi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.06.2020 yildan kuchga kirdi.