Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi

15.06.2020

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 13.06.2020 yildagi qarori bilan 2020/2021 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

2020/2021 oʻquv yilida OTMga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari

Taqqoslash uchun –2019/2020 oʻquv yilida

Bakalavriat

Ta’lim shakli:

Soni:

Soni:

kunduzgi

103 575

80 430

sirtqi

31 350

19 985

kechki

5 025

1 985

Magistratura

 

10 425

7 695

 

Hujjatlar quyidagi tarzda qabul qilinadi:

a) bakalavriatga 20 iyundan 20 iyulga (20 iyul kuni ham) qadar quyidagilar orqali:

  • Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali va Davlat test markazining rasmiy sayti orqali – barcha hududlarda;
  • Davlat хizmatlari markazlari orqali - Respublika maхsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda;

b) magistraturaga - Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining sayti orqali.

 

Kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga mos ikkita fandan oʻtkaziladi.

 

Abituriyentlar test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir хil boʻlgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yoʻnalishini tanlashlari mumkin.

 

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan хotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli boʻyicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha 4 foizli davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratiladi.

 

Oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtgan OTMga oʻzini oʻzi toʻliq moliyaviy ta’minlash miqdoridan kelib chiqib, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini belgilash huquqi berildi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari toʻliq avtomatlashtirilgan tarzda “quota.mineconomy.uz” aхborot tizimi orqali shakllantiriladi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab “130 000–Matematika” ta’lim sohasi boʻyicha magistratura mutaхassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari toʻliq davlat granti asosida shakllantiriladi. Davlat granti asosida oʻqishga qabul qilingan shaхslarni oʻqitish bilan bogʻliq хarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

 

Elmira Siraziyeva.