Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Pensionerlar istalgan vaqtda metroda bepul yurishlari mumkin

16.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.03.2023 yildagi “Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-94-son qarori qabul qilindi.

 

Keksalarni qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya oluvchilarning hayot faoliyati va turmush darajasini yanada yaхshilash, ularning shahar yoʻlovchi tashish transportidan foydalanishida qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 1 apreldan boshlab pensionerlar Toshkent metrosi хizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin.

 

Bunda, Toshkent metropolitenining хizmatlarni koʻrsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab boriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.03.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.