Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiya va nafaqalarning miqdorlari oshirildi

05.05.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 29.04.2022 yildagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan 2022 yil 1 maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar belgilandi:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 633 000 soʻm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 soʻm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 698 000 soʻm;
  • 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan)– oyiga 698 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 185 000 soʻmdan qoʻshiladi;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali 2022 yil 1 aprelga qadar nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarning хato taqdim etilishi, kiritilishi va teхnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha toʻlangan summalar hisobdan chiqariladi.

 

Hujjat bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 30.04.2022 yilda e’lon qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.