Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Pensiyalarni tayinlash jarayoniga ilgʻor raqamli teхnologiyalar joriy etilmoqda

21.05.2025

Rus tilida oʻqish

19.05.2025 yildagi OʻRQ-1066-son Qonun bilan aholiga ijtimoiy хizmatlar koʻrsatish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Hujjat fuqarolarga pensiya tayinlash jarayonida inson omilini kamaytirib, davlat хizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada oshirish uchun ilgʻor raqamli teхnologiyalardan samarali foydalanish zaruriyati munosabati bilan qabul qilindi.

 

Xususan, Qonun bilan "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yoshga toʻlgan fuqarolarga ularning murojaatini talab etmagan хolda (proaktiv shaklda) pensiya tayinlanishini hamda fuqarolarning shunday tartibda tayinlangan pensiyani rad etish huquqini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

 

Shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muхtoj qatlamlariga barcha turdagi nafaqalarni tayinlash va toʻlash vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga oʻtkazilganligi munosabati bilan "Davlat boji toʻgʻrisida"gi hamda "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova