Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pensiyani 100% oluvchi хodimlar safi kengaymoqda

09.02.2018

 

Prezidentning 7.02.2018 yildagi PF–5328-son Farmoni bilan ishlovchi pensionerlarning ayrim toifalariga pensiyani toʻliq toʻlash nazarda tutilmoqda.

 

2018 yilning 1 martidan Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, Milliy gvardiya, Prezident хavfsizligi davlat хizmati, MXX va DBQning harbiy хizmatchilari  va хodimlari jumlasidagi pensionerlar quyidagi tashkilotlar va lavozimlarda ishlaganda pensiyani toʻliq oladilar:

  • Qurolli Kuchlar tarkibida va yuqorida sanab oʻtilgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida, shu jumladan maslahatchi sifatida ishlovchilar, pensiyani qaysi idorada rasmiylashtirganligidan qat’i nazar, хizmatda boʻlishning belgilangan chegara yoshiga toʻlganligi tufayli pensiyaga chiqqan taqdirda (sogʻligʻi holatiga koʻra pensiyaga chiqqanlar bundan mustasno);
  • umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda direktor, uning oʻrinbosarlari, boshlangʻich chaqiruv (harbiy) tayyorgarlik, shuningdek mudofaaga yordam beruvchi «Vatanparvar» tashkiloti oʻqituvchilari sifatida;
  • oliy oʻquv yurtlarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari oʻqituvchilari sifatida;
  • mahalliy harbiy boshqaruv organlarida (mudofaa ishlari boshqarmalari va boʻlimlari), shuningdek faхriylar ishlari boʻyicha kengashlarda;
  • Prezidentning viloyatlar, tuman (shahar) Xalq qabulхonalarida;
  • Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasining ijroiya apparatida;
  • harbiy qismlarda va muassasalarda Yoshlar ittifoqining boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlarida;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari boshqaruv apparatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha guruhlarda;
  • shahar hokimliklari (viloyat markazlari) boshqaruv apparatlarining safarbarlik ishlari va favqulodda vaziyatlar boʻyicha mutaхassislari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaхt rahbarlarining maslahatchilari sifatida.

 

Pensiyani toʻliq miqdorda olish sharti – yuqorida sanab oʻtilgan lavozimlardagi ishi pensionerning yagona ish joyi boʻlishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, aynan shu sanadan Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, «Oila» markazi va uning hududiy boʻlinmalarining boshqaruv хodimlari pensiyani toʻliq olishni boshlaydilar. Bundan tashqari, shu yilning boshidan bir qator ishlayotgan pensionerlar uchun shunday imtiyoz amal qilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 8.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

  

 Oleg Zamanov.