Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

26.07.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 21.07.2023 yildagi  305-son qarori bilan Pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalar tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan ipak qurti urugʻi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjatga asosan pillani qayta ishlaganlik va pilla qurti urugʻini ishlab chiqarganlik uchun subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyхati shakllantirilmoqda. Nizom har bir quti ipak qurti urugʻi uchun subsidiya berish tartibi va shartlarini belgilaydi.

 

2026 yil 1 yanvarga qadar har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

Subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyхati shakllantirilib, imzolanib, quyidagi muddatlarda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etiladi:

  • birinchi va ikkinchi mavsumlar uchun – 20 mayga qadar;
  • uchinchi va toʻrtinchi mavsumlar uchun –20 avgustga qadar.

 

Qoʻmita 10 ish kunida subsidiya berish uchun ajratilgan mablagʻlarni subsidiya oluvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.07.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.