Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratiladi

28.02.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.02.2023 yildagi “Ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-73-son qarori qabul qilindi.

 

2023 yil 1 martdan boshlab 2026 yil 1 yanvarga qadar pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korхonalarga ular tomonidan bevosita pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab "Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi korхonalar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan ipak mahsulotlarini eksport qilish operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil boʻlishini hisoblashning yagona muddati BYuD rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 360 kun etib belgilandi.

 

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga amaldagi moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda oʻtkaziladi.

 

Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida Ipakchilik va tutchilik fakulteti tashkil etiladi. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tegishli oliy ta’lim muassasalarining "Ipakchilik va tutchilik" va "Ipakchilik" ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha qabul kvotalari ushbu fakultetga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.