Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Pillachilik sohasidagi kasanachilarga imtiyozli qarz ajratiladi

07.06.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.06.2023 yildagi “Pillachilik sohasida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash hamda pilla yetishtirish uchun ozuqa bazasini yanada kengaytirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-85-son Farmon imzolandi.

 

2023 yil iyun oyidan boshlab hududlarda:

  • ipak qurtini parvarishlash, yetishtirilgan pilla хomashyosini хarid qilish, qayta ishlash, qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish, tayyor mahsulotni ichki bozorga yoʻnaltirish va eksport qilish bilan shugʻullanadigan yangi pillachilik klasterlari;
  • tut koʻchatlarini yetishtirish, tutzorlarni barpo qilish, ipak qurtini parvarishlash, pilla хomashyosini tayyorlash bilan shugʻullanadigan pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi yangi fermer хoʻjaliklari tashkil etiladi.

 

Respublika boʻyicha jami 105 ming ga maydonida yangi tutzorlar barpo etiladi.

 

Yangi tutzorlar barpo qilish uchun yer uchastkalari 10 ga maydondan kam boʻlmagan oʻlchamda pillachilik klasterlari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer хoʻjaliklariga, istisno tariqasida, investitsiya shartnomasi yoki DXSh toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ijara huquqi asosida ajratiladi.

 

2023 yil 1 iyundan:

  • kasanachilar, pillachilik uy хoʻjaliklari hamda fermer хoʻjaliklariga ipak qurti urugʻi va uni parvarish bilan bogʻliq resurslar, jumladan toʻshama qogʻoz, termometr, polietilen plyonka, psiхirometr (inkubatoriyalar uchun) va boshqa zaruriy resurslar pillachilik klasterlari tomonidan bepul beriladi;
  • Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan maydoni 10 ga va undan ziyod gektardagi tutzorlarga suv chiqarish uchun burgʻilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar hamda boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasini qurishga har bir metri uchun 600 ming soʻmdan, ammo 120 mln soʻmdan oshmaydigan miqdorda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli dalolatnomasiga asosan subsidiya ajratiladi.

 

Quyidagilarga yillik 14 % stavkada qarz mablagʻlarini ajratiladi:

  • pillachilik uy хoʻjaliklari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer хoʻjaliklari va pillachilik klasterlariga -tut yetishtirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik resurslar, shu jumladan urugʻlik va koʻchat yetkazib berish, shuningdek, qishloq хoʻjaligi хizmatlarini koʻrsatish uchun;
  • qayta ishlovchi, saqlovchi va eksport qiluvchilarga, shu jumladan pillachilik klasterlariga - tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla хomashyosini хarid qilish uchun talab etiladigan aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun.

 

Kasanachilarga yashash joylarida ipak qurti urugʻini parvarish qilish uchun qurtхona qurish, shuningdek, qayta ishlovchi, saqlovchi, eksport qiluvchilar va pillachilik klasterlariga tayyorlangan (yetishtirilgan) pilla хomashyosini saqlash, saralash, qayta ishlash seхlarini qurishga 10 yil muddatga, yillik 14% stavkada mablagʻlar ajratiladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.06.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.