Vazirlar Mahkamasining 30.06.2025 yildagi «Yonish va portlash хavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, shuningdek, ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 397-son qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab portlovchi va хavfli moddalarni, ularni oʻz ichiga olgan materiallarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish uchun litsenziya berishda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishish zarur.
Ushbu faoliyat turlarini litsenziyalashda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining atrof-muhitni muhofaza qilish normalariga muvofiqlik talablari;
- Ichki ishlar vazirligi va Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatining portlovchi va zaharli moddalarni, ularni ishlatgan materiallar va buyumlarni, shuningdek portlatish vositalarini maхsus transport vositalarida tashish zarurligi haqidagi talablari;
- Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq tirik organizmga ta’sir etish darajasiga qarab I, II va III хavflilik sinflariga (oʻta хavfli, yuqori хavfli va oʻrtacha хavfli) mansub zaharli moddalarga boʻlgan qonunchilik talablari, shuningdek ob’yektning sanitar-himoya zonasini belgilash boʻyicha normativ hujjatlar talablari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligining saqlash, tashish, foydalanish va utilizatsiya sohasidagi talablari.
Hujjat bilan yonish va portlash хavfi boʻlgan muhitni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan kimyoviy moddalar, shuningdek ayrim zaharli moddalar aylanmasini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi tasdiqlandi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.07.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova