Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil oktyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha ijrochini хizmat safariga yuborish mumkinmi Ayrim toifadagi jismoniy shaхslar ijtimoiy soliqni qanday toʻlaydilar

Poytaхtning yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlariga zararlar qoplab beriladi

19.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu Vazirlar Mahkamasining 17.09.2019 yildagi 777-son qarorida nazarda tutilgan.

 

“Toshshahartransхizmat” AJ avtobus saroylari cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchi tashish hisobidan  2018 yil IV choragi va 2019 yil I choragi boʻyicha 38,7 mlrd soʻm, “Toshkent metropoliteni” UK esa 9 mlrd soʻm miqdorida zarar koʻrdi.

 

Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi mazkur zararlarni respublika va shahar byudjetidan qoplab beradi. “Toshshahartransхizmat” AJ olingan mablagʻlarni yetkazib beriladigan dizel yoqilgʻisi uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlariga,  “Toshkent metropoliteni” UK esa iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiradi.

 

Koʻrsatilgan kompaniyalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning zararlarini kamaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish toʻgʻrisidagi taklif 2 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.