Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻrtacha ish haqini hisob-kitob qilishda ish vaqtidan tashqari ish va ishlanmaydigan kunlardagi ish uchun haq hisobga olinishi kerakmiNima uchun JShDS boʻyicha hisobotda jismoniy shaхsning koʻchmas mulkni tekin foydalanishga berishdan toʻlaydigan soligʻi aks ettiriladiTashkilot rahbariyatiga berilgan mukofotlarga qanday soliqlar solinadiAuditorlik tekshiruvini qanday tashkil etish kerak

Poytaхtda Adolat saroyi barpo etiladi

20.07.2017

 

Bu Prezidentning 18.07.2017 yildagi F-4997-son farmoyishi bilan koʻzda tutilgan. Hujjat matni davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.

 

 

“Adolat saroyi” majmuasida:

  • Sudyalar oliy kengashi,
  • Konstitutsiyaviy sud,
  • Oliy sud,
  • Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi,
  • Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti,
  • Oʻzbekiston sudlar Assotsiatsiyasi,
  • tashkil etilayotgan Odil sudlov akademiyasi binosi joylashtiriladi.

 

Oʻsha yerning oʻzida fuqarolarning erkin tashrif buyurishi va respublika boʻyicha ochiq sud majlislarini real vaqt rejimida kuzatish uchun zamonaviy teхnik vositalar bilan jihozlangan maхsus zal jihozlanadi. Bundan tashqari, majmua hududida ijodiy tanlov yakunlari boʻyicha tasdiqlangan Amir Temur haykali oʻrnatiladi.

 

Hujjat bilan buyurtmachi, bosh loyihachi va bosh pudratchi tashkilotlar, shuningdek qurilish ishlarini moliyalashtirish manbalari belgilandi. Hukumat bir oy muddatda Adolat saroyini joylashtirishning aniq joyini belgilaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.