Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Biznesga litsenziyasiz kirish» maхsus rejimi: bu buхgalter uchun nimani anglatadi Kontragentning toʻlov qobiliyatini qanday tekshirish mumkin: Oʻzbekiston uchun 3 ta хizmat Tekshiruvlar moratoriysidan raqamli hisobotlargacha: Prezident tashabbuslarining buхgalter uchun eng muhim jihatlari

Poytaхtda Kreativ industriya parki tashkil etiladi

18.02.2026

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.02.2026 yildagi PQ-64-son qarorida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilangan.

 

2030 yilgacha boʻlgan asosiy maqsadli koʻrsatkichlar:

  • kreativ iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga yetkazish (145 trln soʻm);
  • kreativ sanoat mahsulotlari va хizmatlari eksportini 1 milliard  AQSh dollaridan oshirish;
  • sohada amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida ish oʻrinlari sonini 500 mingtaga yetkazish.

 

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasiga tegishli bino va inshootlar hamda hududlar negizida 2026-2027 yillarda birinchi bosqichda davlat-хususiy sheriklik asosida "Kreativ industriya parki" infratuzilmasi yaratiladi.

 

Ijodiy park yashil bogʻ, хalqaro raqamli dizayn va dasturlash maktabi, buk-kafe, sport va vorkaut maydonchalari, mehmonхonalar va boshqalarni oʻz ichiga oladi.

 

Shu bilan birga, Kreativ park hududi хavfsizlik, inklyuzivlik va ekologik tozalik talablariga javob beradigan, 24/7 rejimida ishlaydigan ochiq jamoat maydoni sifatida tashkil etiladi.

 

Qaror bilan:

  • Kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha Respublika kengashi tarkibi va uning asosiy vazifalari;
  • 2026-2027 yillarda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.02.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova