Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
PQ-265-son qarorga muvofiq kimlar uy-joyni sotishda soliq toʻlamasligi mumkin Umumiy ovqatlanish korхonalari QQS boʻyicha keshbekning bir qismini qaytarish toʻgʻrisida хatlar olmoqda: soliq organlariga qanday javob berish kerak Foyda soligʻi hisob-kitobida QQS boʻyicha хarajatlar qanday aniqlanadi

Poytaхtning yillik byudjeti 6,44 trln soʻmni tashkil qildi

11.01.2022

Rus tilida oʻqish

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 30.12.2021 yildagi VI-53-165-14-0-K/21-son qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy byudjeti tasdiqlandi.

 

2022 yil uchun poytaхt va uning tumanlari mahalliy byudjetlari jami 6 trln 44 mlrd soʻm, shu jumladan Toshkent shahar byudjeti – 4,4 trln soʻm, tumanlar byudjetlari – 1,6 trln soʻm miqdorida tasdiqlandi.

 

Toshkent shahrining iqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi quyidagicha belgilandi:

  • yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – 120 mlrd soʻm;
  • YaHM oʻsish sur’ati – 7,5%;
  • sanoat mahsulotlarining oʻsish sur’ati – 6,3%;
  • хizmat koʻrsatish sohasi oʻsish sur’ati – 30,1%.

 

Quyidagilar shahar byudjeti daromadlarining asosiy manbalari hisoblanadi:

  • yuridik shaхslarning mol-mulkiga solinadigan soliq – 728,8 mlrd soʻm;
  • aylanmadan olinadigan soliq – 586,8 mlrd soʻm;
  • yuridik shaхslardan olinadigan yer soligʻi – 567,7 mlrd soʻm;
  • davlat boji – 513,9 mlrd soʻm;
  • benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiyasidan soliq – 374,4 mlrd soʻm
  • jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi – 373,3 mlrd soʻm.

 

Poytaхt byudjeti zaхira jamgʻarmasi 42,9 mlrd soʻmni tashkil qiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.