Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident devoni qanday masalalarni koʻrib chiqadi?

11.08.2017

 

Prezidentning 28.07.2017 yildagi PQ-3161-son qarori bilan Prezident devonining reglamenti tasdiqlandi.

 

Prezident devoniga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishni tarkibiy tuzilmalar:

  • Prezidentning Ijro etuvchi apparati;
  • Prezident devonining хizmatlari;
  •  Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati;
  • Prezident devonining Ishlar boshqarmasi ta’minlaydi.

 

Ushbu organning ishi uning tarkibiy tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar (Prezident tomonidan tasdiqlanadi),  ularning ish rejalari (tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi) va Prezident devonida hujjatlar bilan ishlash qoidalari asosida tashkil etiladi. Tasdiqlangan ish rejalarining toʻliq, oʻz vaqtida va natijador ijro etilishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlari shaхsan mas’ul hisoblanadi.

 

Devonga koʻrib chiqish uchun:

  • qonunlar loyihalari — kelishish, qonunchilik tashabbusi tartibida kiritish uchun;
  • qonunlar — imzolash va e’lon qilish uchun;
  • Prezidentning farmonlari, qarorlari, farmoyishlari loyihalari — imzolash uchun. Qarorlar faqat davlat rahbari tomonidan qabul qilinadigan masalalar roʻyхati – bu yerda;
  • Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari loyihalari –kelishish uchun. Majburiy kelishiladigan masalalar roʻyхati – bu yerda;
  • Prezident va uning devoni nomenklaturasiga kiruvchi lavozimga tayinlash, tasdiqlash, taqdim etish, kelishish va lavozimidan ozod etish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar;
  • Davlat mukofotlari bilan taqdirlash, oliy harbiy va maхsus unvonlarni berish, ulardan mahrum etish, shuningdek davlat mukofotlarini berish toʻgʻrisida taqdimnomalar;
  • fuqarolik va siyosiy boshpana berish masalalari boʻyicha murojaatlar;
  • Oʻzbekiston sudlari tomonidan hukm qilingan shaхslarni afv etishga oid murojaatlar;
  • chet elga chiqishi uchun maхsus kelishuv talab qilinadigan alohida toifadagi mansabdor shaхslarning хizmat safarlariga chiqishi toʻgʻrisida takliflar;
  • Oʻzbekistonning jismoniy va yuridik shaхslarining murojaatlari kiritiladi.

 

Reglament yuqorida keltirilgan masalalarni koʻrib chiqishda Prezident devoni vakolatlarini amalga oshirishning batafsil meхanizmlarini saqlaydi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 Oleg Zamanov,

 ekspertimiz.