Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Prezident huzurida Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya tashkil etildi

11.07.2017

 

Prezidentning 10.07.2017 yildagi tegishli PQ-3119-son qarori davlat rahbari saytida joylashtirildi.

 

Hujjat bilan Prezident huzurida Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha komissiya faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizom, shuningdek uning shaхsiy tarkibi, Ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvali tasdiqlandi.1

 

Eslatib oʻtamiz, mazkur hujjatlarni ishlab chiqish Prezidentning 1.03.2017 yildagi PF-4974-son farmoni bilan koʻzda tutilgandi (hujjatning sharhiga qarang).

 

Komissiya Ijro etuvchi apparatining хodimlariga Prezident devonining хodimlari uchun oʻrnatilgan kafolatlar, mehnatga haq toʻlash va imtiyozlar shartlari tatbiq etiladi.

 

U Toshkent shahri Islom Karimov koʻchasi, 43 uy manzilidagi Prezident devoni binolari majmuasining 1-binosida joylashtiriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.

 

___________________________________________________

1Mazkur sharhni tayyorlash paytida e’lon qilinmagan.