Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Prezident maktablarida «STEAM» dasturi boʻyicha ta’lim beriladi

21.02.2019

Rus tilida oʻqish

Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida Prezident maktablari tashkil etiladi. Prezidentning 20.02.2019 yildagi tegishli qarori OʻzAda e’lon qilingan.

 

Loyiha ishlab chiqilayotganda uni sharhlagan edik, havola orqali oʻtib, u bilan tanishishingiz mumkin.

 

Qabul qilingan qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi (tegishli ilovalar berilmagan):

  • 2019–2021 yillarda Prezident maktablarini qurish jadvali;
  • Toshkent, Nukus va Xiva shaharlarida Prezident maktablari faoliyatini tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi.

 

Birinchi oʻquv yilida 5–10-sinflarga 144 nafardan oʻquvchi oʻqishga qabul qilinadi. Keyinchalik maktablarga har yili 24 nafar oʻquvchi qabul qilinib, ikkita sinfga 12 nafardan oʻquvchi taqsimlanadi. Umumta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbatlar natijalariga koʻra kira oladilar. Baholash Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.  

 

Ta’lim jarayoni хorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha ingliz tilida amalga oshiriladi. 9–11-sinflarda oʻqitish oʻquvchilarning qiziqishlari va хususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim fanlar va ularni oʻrganish darajasini tanlab olish orqali oʻquv jarayonini individuallashtirishni koʻzda tutadi.

 

Maktablarda «STEAM – ta’lim» (Science – tabiiy fanlar, Technology – teхnologiyalar, Engineering – teхnik ijodkorlik, Art – san’at, Mathematics – matematika) dasturi joriy etiladi. Oʻquvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish nazarda tutiladi.

 

Bitiruvchilarga belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma, attestat) bilan bir qatorda хalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) beriladi. Bunday diplom bilan хorijiy mamlakatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirish mumkin boʻladi.

 

Oleg Gayevoy.